Qobiliyat

0
119
marta koʻrilgan.

Arabchadan kirgan bu soʻz oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Bilim, koʻnikma, malakalardan farqli oʻlaroq, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subʼyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.

 

Samandar… oʻzini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum boʻlgan edi.

S. Karomatov, Qalbingda quyosh.

 

2️⃣ Isteʼdod, talant.

 

afur ulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi?

Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.

 

3️⃣ Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat.

 

Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati.

 

Vodorod bizga maʼlum boʻlgan tabiiy yoqililar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega.

Gazetadan.

 

📌  Demak:

Qobiliyat

Qobilyat ❌

 

📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.