Raxna

0
891
marta koʻrilgan.

Forsachadan kirgan bu soʻz asliyatda teshik, yoriq; oʻpirilgan joy; shikast maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Oʻyilgan, oʻpirilgan joy, teshik, yoriq.

 

Xaroba imoratlarning oʻrta bir yeridagi raxnadan oshib tushish qulayroq boʻlgani uchun, shuning ostiga shumshayib oʻtirdi.

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: puturdan ketgan, boʻshashgan joy, nozik yer.

 

Raxna solmoq iborasi putur yetkazmoq, tagidan zil ketkazmoq maʼnolariga ega:

 

Obbo, Qorabotir boʻlib qolding shekilli. Birovning sevgisiga raxna solishing qoluvdi.

Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

 

Yurakka raxna solmoq iborasi esa yurakni yaralamoq, yurakni dogʻ qilmoq maʼnolarini bildiradi:

 

Maqsad – yuraklarga solishdir raxna

Mudhish qabihlikning kirdikoridan.

J. Jabborov.

 

📌 Demak,

 

Raxna, raxnalar, raxna soldi

Rahna, rahnalar, rahna soldi ❌

 

📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.