“Reza-reza ter qopladi”: reza nima?

0
492
marta koʻrilgan.

Baʼzi iboralarni tez-tez qoʻllab turamiz, lekin uning tarkibidagi soʻzlar qanday maʼno anglatishiga koʻp ham eʼtibor beravermaymiz. Reza soʻzi ham shundaylardan.

Reza forschadan kirgan, asliyatda ushoq, parcha; yogʻoch qirindisi maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Uncha katta boʻlmagan; mayda, kichik.

 

Yonoqlarini reza ter qoplagan qizlar jimgina qoʻshiqqa quloq solar… edi.

S. Ahmad, Qadrdon dalalar.

 

Normatovning qistashi bilan Alitirish dutorini olib, reza kuylarga tushdi.

Gʻayratiy, Mening yoshligim.

 

2️⃣ Mayda narsa. Bu maʼnoda suv yoki ter tomchilarini bildiradi.

 

Raʼnoning koʻzi yoshlanib… latif burni ustida marvarid rezalar hosil boʻldi.

A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

 

Mavjlaridan rezalar uchib, chayqaladi muqqadas daryo.

Gazetadan.

 

Baʼzida reza takror holatda ham keladi. Bunda koʻpincha ter tomchisini sifatlaydi:

 

Peshonasidagi reza-reza terlar hali qotganicha yoʻq.

Gazetadan.

 

Havo dimligidan peshona va boʻynini reza-reza ter qopladi.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.