Venger tilidagi turkiycha soʻzlar

0
156
marta koʻrilgan.

Venger (mojor) tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi, u fin-ugor tillari oilasiga mansub. Lekin vengerlar uzoq yillar turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilikda yashagan, faol ijtimoiy-iqtisodiy aloqada boʻlgan. Shu bois juda koʻp turkiy soʻzlar oʻzlashtirilgan. Baʼzi soʻzlarning talaffuzini eshitib: “Oʻzbekacha-ku!” deb yuborish ham hech gap emas. Hatto ota va ona soʻzlari ham mojorchada oʻzbekchaday jaranglaydi.

Baʼzi oʻzlashma soʻzlar zamonaviy venger tilida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan kam ishlatiladi.

Olimlar fikricha, vengerlarning ajdodlari Uraldan shimolroqdagi dasht hududlarida yarim koʻchmanchi tarzda yashagan chorvador elatlardir. “Venger” soʻzi Yevropa tillarida ungar, hungar, ungrar kabi shakllarda uchraydi. Bu talaffuzlarga asos boʻlgan soʻz esa bulgʻorcha “oʻn oʻgur”dir. Mashhur rus tilshunosi Fasmerga koʻra, oʻn oʻgur turkiy tillardagi “oʻn oʻgʻuz”dan, yaʼni oʻn oʻgʻiz elati demak.

Oʻrta asrlarda Vengriyani xunlar oʻlkasi deb hisoblashgan.

Vergrlar oʻzlarini madyor, yaʼni mojor deb ataydi.

Maʼlumot uchun: Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida kuzatuvchi mamlakat hisoblanadi.

 

Quyida venger tiliga turkiy tillardan oʻtgan baʼzi soʻzlarni eʼtiboringizga havola etaman:

 

Vergerchasi

Oʻqilishi

Oʻzbekchasi

Alma

Alma

Olma

Anya

Anya

Ona

Árok

Aroʻk

Ariq, zovur, chuqur

Árpa

Arpa

Arpa

Atya

Atya

Ota

Balta

Balta

Bolta

Bátor

Batoʻr

Botir

Béka

Beko

Baqa

Bika

Bika

Buqa

Boglya

Boʻglya

Bogʻlam, gʻaram, uyam

Bölcső

Boʻlchi

Beshik

Borjú

Boʻryu

Buzoq, buzov

Bors

Boʻrsh

Murch, qalampir

Búza

Buza

Bugʻdoy

Ész

Es

Es, aql, idrok, tafakkur

Joghurt

Yoghurt

Yogurt

Kék

Kek

Koʻk, moviy

Korom

Koʻroʻm

Qurum, qorakuya

Kos

Koʻsh

Qoʻy

Ökör

Oʻkoʻr

Hoʻkiz

Oroszlán

Oʻroʻslan

Arslon, sher

Sarga

Sharga

Sariq

Sátor

Shatoʻr

Chodir

Szakáll

Sokal

Soqol

Szatócs

Satuvch

Sotuvchi, baqqol

Szirt

Sirt

Sirt, qoya

Taraj

Taréj

Toray

Tori

Taroq

Tenger

Tengar

Dengiz

Teve

Teva

Tuya

Tyuk

Tyuk

Tovuq

 

Izoh: urgʻuli unlilar choʻzib oʻqiladi.

 

Orif Tolib

 

Manbalar:

  1. https://suvariʼ.rf/ru/book/export/html/878
  2. http://old.kpfu.ru/science/news/lingv_97/n131.htm
  3. https://lingvoforum.net/index.php?topic=33480.0
  4. https://lexicography.online/etymology/vasmer/
  5. https://wikipedia.org
  6. Vengersko-russkiy slovar. Laslo Galdi umumiy tahririda. “Russkiy yaziʼk” nashriyoti, Vengriya Fanlar akademiyasi nashriyoti, Moskva-Budapesht, 1987.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.