Xurmo

0
101
marta koʻrilgan.

Bu soʻz eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻzlashgan. Oʻrxun-Enasoy yozma manbalarida, Mahmud Koshgʻariy lugʻatida uchramaydi. Zamaxshariy lugʻatida xurma, Alisher Navoiy asarlarida xurmo shaklida uchraydi.

Xurmo soʻzining etimoni ham fors-tojik tilida mevalarning umumnomi vazifasida qoʻllanuvchi soʻz – oluga borib taqaladi.

Taxminlarga koʻra, bu soʻz xurmalu > xur + m(a) + alu > xar + lol(u) + olu kabi bosqichlarda boʻlgan. Xar+olu birikmasidan hosil boʻlgan xurmo soʻzi xar – katta, ulkan, olu – meva, yaʼni katta, ulkan meva degan maʼnoni anglatadi.

 

“Koʻhna soʻzlar tarixi” kitobi asosida

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.