Yosh, yashil va yasha

0
1169
marta koʻrilgan.

Yosh va yasha soʻzlarining bir oʻzakdan ekani sezilib turibdi. Yashil-chi? Mantiqan olganda uning ham qolgan ikki soʻz bilan ildizi bir. Yashillik – yashash, yasharish belgisi.

Tasavvurlarimiz ilmiy haqiqatga mos kelish-kelmasligini tekshirish uchun manbalarga murojaat qilamiz.

“Oʻzbek tilining etimologik lugʻati”ga koʻra, yosh va yasha soʻzlari qadimgi turkiy tildagi koʻp maʼnoli yash sifatidan hosil boʻlgan.

Yashning maʼnolaridan biri – bir yilga teng umrdir. Bugun yosh shaklida ishlatiladigan bu soʻz ayni shu maʼnoni ifodalaydi.

Yasha soʻzi esa yash sifatiga -a qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan.

Yashil soʻzi barg rangiga ega boʻl maʼnosidagi yash feʼliga -il qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan.

Yashil soʻzi “Devonu lugʻatit turk”da ayni shu shakl va maʼnoda kelgan. Mahmud Koshgʻariy toʻq yashil yap-yashil deyilishi, soʻz juft holda yashil-yushul deb qoʻllanishi mumkinligini aytadi.

Yap-yashil hozirgi tilda yam-yashilga oʻzgargan. Juft shakli esa ishlatilmaydi.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.