Yuho

0
515
marta koʻrilgan.

Izohli lugʻatga koʻra, bu soʻz oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Barcha jonivorlarni aralash yeb, yutib yuboradigan afsonaviy maxluq.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ebtoʻymas, ochofat.

 

Mavjud qonun-qoidalarni toptash evaziga boʻlsa ham, koʻproq boylik orttirish payiga tushgan yuholar ham yoʻq emas.

A. Ibodinov, “Latofat” doʻkonidagi qatl.

 

Bolta koʻpas Mirkomildan qolishmaydigan yuho chiqib qoldi: paxtani paxtada yutadi, mevani – mevada.

M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

 

Bugungi tilda soʻzning asosan koʻchma maʼnosi ishlatiladi. Koʻpchilikning yoki boshqalarning haqqi boʻlgan narsalarni tiyiqsiz ishtaha bilan yeb-yutib yuboradigan kaslarga nisbatan ham yuho soʻzi qoʻllanadi.

 

@oriftolib

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.