“Bir baxyada boyidi” – xato gap

0
113
marta koʻrilgan.

“Bir baxyada boyidi” – xato gap

 

Baxya soʻzi vaqt maʼnosini bildirmaydi. U masofani anglatadi. Shu sababli uni vaqt maʼnosida qoʻllash xato.

Misollar orqali oʻrganamiz:

 

Bir baxyada yetib keldi.

Bir baxya kutganida, mashmashadan qutulardi.

Bir baxyada boyidi.

 

Yuqoridagi misollarda baxya soʻzi vaqt maʼnosida qoʻllanyapti. Shu sababli xato. Baxya soʻzi chokni bildiradi. Bir baxya iborasi esa kichkina, ozgina maʼnosini bildiradi va bunda masofa, uzunlik nazarda tutiladi:

 

Urilib ketishiga bir baxya qoldi.

Bir baxya ham joy boʻsh qolmasin!

Ishonchim yana bir baxya ortdi.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.