Kamina

0
898
marta koʻrilgan.

Kamina soʻzi fors tilidan oʻtgan, asliyatda kichik, eʼtiborsiz, haqir maʼnolarini bildiradi. Eski oʻzbek tilida hozirgiga nisbatan koʻp ishlatilgan. Umuman, oldinlari oʻzaro muomalada menlik darajasi pastroq boʻlgan, shekilli, odamlar oʻzlarini haqir sanab, kamtar ifodalardan foydalangan. Kamina soʻzi ham men deyishga istihola sababli aytilgan. Eski tilimizda sodiq xizmatkor, qul maʼnosida ham ishlatilgan.

Kamina maʼno jihatidan uchinchi shaxsni bildiradi, lekin asosan birinchi shaxsdagi feʼllar bilan qoʻllanadi. Lekin uchinchi shaxs birlikdagi feʼl bilan ishlatilishi ham xato emas. Bu soʻz xuddi men olmoshi kabi kelishik va shakl qoʻshimchalarini ham olishi mumkin. Qaratqich kelishigini olganda kamina bilan bogʻlangan otga uchinsi shaxs birlikdagi egalik qoʻshimchasi qoʻshiladi:

 

Bu maqola kaminaniki. Kaminaning sizga boʻlgan hurmati gʻoyat samimiy.

 

Aslida kamina yozish uchun tugʻilgan ekanman.

“Guliston”

 

Kamina sizning iltimosingizni yerda qoldirishdan koʻra har qanday mashaqqatni oʻz zimmasiga olishni aʼlo koʻradi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

 

📌 Demak,

Kamina misol aytdim. Kamina kino koʻrdim. ✅

Kamina misol aytdi. Kamina kino koʻrdi. ✅

 

Kaminaning kitobi. Bu kitob kaminaniki. ✅

Kaminaning kitobim. Bu kitobim kaminaniki. ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.