“Na” bogʻlovchisini qoʻllashdagi xatolar

0
1003
marta koʻrilgan.

Na bogʻlovchisi inkor, boʻlishsizlik maʼnosiga ega va u qatnashgan jumladagi kesim boʻlishli shaklda qoʻllanadi. Chunki na soʻzidagi inkor maʼnosi bevosita kesimga taʼsir qiladi va yana qayta boʻlishsiz maʼnoli soʻz yoki qoʻshimcha talab etilmaydi:

 

Undan na xat bor, na xabar. 

Qoʻlim ishga bormadi, na oʻqidim, na yozdim.

 

❗️ Yuqoridagi kabi jumlalarda kesim koʻpincha boʻlishsiz shakl yoki maʼnoda ishlatiladi. Bu esa – xato!

 

? Demak:

Na salom, na alik bor, indamay kirib kelaverdi.

Na salom, na alik yoʻq, indamay kirib kelaverdi.

 

Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratgan.

Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratmagan.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.