Nur ustiga nur

0
1292
marta koʻrilgan.

Bu iborani koʻpchilik toʻgʻri qoʻllaydi. Lekin yanglish ishlatadiganlar ham talaygina. Balki sizning ham qulogʻingizga chalingandir: “Nur ustiga aʼlo nur”.

U asli arabcha “nur ala nur” iborasining tarjimasidir. Oʻzbekchasi – nur ustiga nur, yanada yaxshi, koʻngildagidan ham aʼlo kabi maʼnolarni anglatadi.

Izohli lugʻatga koʻra, “nur alo nur” shaklida ham qoʻllash mumkin:

 

Ixti­yor oʻzingizda, qutlayman desangiz aytib koʻ­ring, xoʻp desa – nur alo nur.

M. Ismoiliy, Far­gʻona t. o.

 

❗️ Lekin bu tarzda qoʻllash eskirgan, bugungi tilda uchramaydi. Mabodo shu shaklni ishlatish kerak boʻlib qolsa, aʼlo emas, alo deb yozing. Alo arabchada ustiga demakdir, aʼlo esa – eng yuqori; buyuk maʼnolarini beradi. Eng yaxshisi, oʻzbekcha ifodaga mosi “nur ustiga nur”dir:

 

Buni bilib olganim nur ustiga nur boʻldi.

Agar yuz foiz natija koʻrsata olsangiz, nur ustiga nur.

 

? Demak,

Nur ustiga nur ✅

Nur ustiga aʼlo nur, nur aʼlo nur ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.