Quvaytmi yoki Kuvayt?

0
919
marta koʻrilgan.

Arabiston yarimorolida joylashgan bu davlat nomida koʻp xato qilinadi. Hatto qaror va farmonlarda, rasmiy idoralar saytlari, internet nashrlari sahifalarida va boshqa oʻrinlarda Quvayt shaklida yanglish ishlatilganini koʻrish mumkin. Albatta, hech kim xatodan xoli emas, hammamiz ham adashamiz. Buning davosi – bilib olishdir.

Davlatning nomi – Kuvayt. Arabchasi  – davlatul Kuvayt. Kichkina hududga ega bu mamlakatning poytaxti nomi ham al-Kuvaytdir. Kuvayt arabchada shaharcha, qoʻrgʻoncha maʼnosini anglatadi.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida davlat va shahar nomi Kuvayt shaklida berilgan.

Men Quvayt variantini ham lugʻatlarga, jumladan, ensiklopediyaga kiritish tarafdoriman. Chunki talaffuzda asosan Quvayt deymiz, tilimizga shu qulay. Masalan, ozarlar oʻz mamlakatlarini Azerbayjan deb ataydi, biz oʻzimizga moslab Ozarbayjon deymiz. Bu lugʻatlarimizda ham aks etgan. Til chet soʻzni oʻziga moslashi tabiiy jarayon.

📌 Lekin hozircha bor qoidaga amal qilamiz.

Demak:

Kuvayt

Quvayt

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.