Soʻz tartibi va maʼno oʻzgarishlari

0
57
marta koʻrilgan.

Gapda soʻzlarning oʻrni oʻzgarishi maʼno oʻzgarishlariga ham olib keladi. Bu ayniqsa bir soʻzning sifat va ravish boʻlib kelishida yaqqol koʻrinadi.

Otlarning sifatini bildirgan soʻz ish-harakatning sifatini bildirish uchun ishlatilsa, ravishga aylanadi. Natijada jumlaning ham mazmuni oʻzgaradi.

Masalan:

 

Yaxshi kitobni oʻqiyman.

Men yomon kitob oʻqimayman, yaxshi kitoblarni topib, saralab oʻqiyman.

 

Kitobni yaxshi oʻqiyman.

Mening kitob oʻqish darajam yuqori, tez yoki koʻp oʻqiyman. Bu yerda kitobning yaxshi-yomonligi haqida gap yoʻq.

 

Birinchi misolda yaxshi soʻzi otni sifatlab kelyapti va sifat soʻz turkumiga oid, ikkinchi jumlada esa feʼlni sifatlayapti va ravishga aylanyapti.

Boshqa bir misol:

 

Qiziqarli misollarni keltirdi.

U aytgan misollar qiziqarli.

 

Misollarni qiziqarli keltirdi.

U aytgan misollar qiziq boʻlmasligi ham mumkin. Lekin uning ifoda usuli, aytish darajasi zoʻr. Misollarni qiziqarli tarzda ayta oladi.

 

Jumla yozayotgan odam nimani sifatlamoqchi ekanini bilishi va soʻzni shunga koʻra tartiblashi kerak. Shu oddiy qoidaga amal qilmaslik yoki soʻz oʻrnining ahamiyatini tushunmaslik katta-kichik xatolarga olib keladi.

 

Shunga oʻxshash yana qanday misollarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.