Xossa va xususiyat

0
965
marta koʻrilgan.

Bu ikki soʻz arab tilidan kirgan. Maʼnosi bir-biriga juda yaqin, asliyatda ham oʻzagi bir.

Xossa muayyan narsaning boshqa narsalardan farqini, oʻziga xosligini bildiruvchi belgilardir.

 

Biologik membranalarning yana bir noyob xossasi – ionlarni termodinamik usulda tashishdir.

“Fan va turmush”.

 

Xususiyat esa biror narsa yoki kimsaning oʻziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tomoni, oʻziga xos belgisidir.

 

Xarakterli xususiyat. Oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari.

 

Xossa asosan ilmiy tilda ishlatiladi, matematik atama sifatida algebra va geometriyada koʻp qoʻllanadi. Fanga oid, jumladan, matematikaga oid matnlarda xossa soʻzidan foydalangan afzal. Masalan, “Geometriya – matematikaning fazoviy shakllar va ularning xususiyatlarini oʻrganuvchi boʻlimi” degan jumlani quyidagi shaklda bergan toʻgʻriroq:

 

Geometriya – matematikaning fazoviy shakllar va ularning xossalarini oʻrganuvchi boʻlimi.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.