Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar

0
1670
marta koʻrilgan.

1995 yilgi “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”da yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi boʻyicha shunday qoida belgilangan:

metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.

Menimcha, yangilanadigan imlo qoidalarida bunga oʻzgartirish kiritish kerak. Yakka holda ham, qoʻshimchalar qoʻshilganda ham bitta harf yozilishi oʻzbek tili tabiatiga mosroq boʻladi.

Imlo talaffuzga qancha yaqin boʻlsa, tushunilishga ham shuncha yaqin boʻladi.

Hozirgi qoidalarga koʻra yozilganda tushunarsiz holatlar ham kelib chiqadi:

kilogrammi

Bunda nima nazarda tutilgan? Kilogrammi deb soʻrayaptimi, yo biror narsaning kilogrami haqida gap ketyaptimi?

Mann, Yohann, Pruss kabi kishi nomlari haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Ularni ham Man, Yohan, Prus deb yozgan afzal.

Xullas, oʻzi talaffuz etilmaydigan va oʻquvchini chalkashtiradigan harfni saqlab qolishga hech qanday ehtiyoj yoʻq.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.