Bahs

0
2223
marta koʻrilgan.

Yaxshi qiz uzoqqa tushmasmish hecham

Mahalla-koʻyidan, ota uyidan.

Balki unga farqi yoʻqligi uchun

Uch kun oldin xabar topar toʻyidan.

 

Odamning oʻziga bogʻliq bu narsa,

Yaxshi qiz, maylimi bir sirni aytsam:

Agar qoʻyib bersa, sal anqov boʻlsa,

Mahalladan ortmas yaxshi yigit ham.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.