Aqlli himoya

0
1896
marta koʻrilgan.

Yoshi ulgʻayib qolgan jang sanʼati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni uni yosh va manman bir polvon olishuvga chorladi. Usta bunga eʼtibor qaratmadi, jim oʻtiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham koʻzlangan natijani bermadi.

Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir boʻldi, qoʻlini yuvib qoʻltigʻiga urdi-da, ketdi.

Qariya ustaning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qoldi, ayrimlari esa taʼna qila boshladi:

– Nahot sizga oʻzingizning yoki ajdodlaringizning shaʼni qadrli boʻlmasa?!

Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:

– Agar sizga biror narsa sovgʻa qilishsa, lekin uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?

– Egasining oʻzida qoladi-da! – deyishdi ular.

– Hasad, gʻazab va nafrat ham xuddi shunday. Agar biz uni qabul qilmasak, u egasida qoladi.

 

Orif Tolib

 

“Gulxan” jurnalining 2016 yil 7-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.