“Bolalik doʻstlarim – qadrdon, tengqur…”

0
1778
marta koʻrilgan.

Rasul Hamzatov

***

Bolalik doʻstlarim – qadrdon, tengqur,

Yashab qolganlari, afsus, juda kam.

Balki men ulardan nishona – yodgor,

Balki shuning uchun tirikman bu dam.

 

Janglarda jon bergan, manguga ketgan,

Hayotni yurakdan sevgan ey mardlar!

To tirik ekanman sizni eslayman,

Siz haqda soʻylayman oʻlgunga qadar!

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

Ruscha tarjimada oʻqish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.