Chex xalq maqollari va matallaridan

0
152
marta koʻrilgan.

Chexlar – slavyan oilasiga mansub xalq. Chexiyaning asosiy aholisi. AQSH, Kanada, Germaniya, Isroil, Argentina, Buyuk Britaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Chex tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 10 milliondan ortiq.

 

  • Agar ahmoqlik ham kasallik boʻlganida, sen kechasi bilan dodlab chiqarding.
  • Gʻazab ertaga qoldirish mumkin boʻlgan yagona narsadir.
  • Yogʻimiz bor, lekin u mushuklar uchun emas.
  • Itni urmoqchi boʻlgan odam hamisha tayoq topadi.
  • Koʻp narsani xohlaydigan kishiga koʻp narsa yetishmaydi.
  • Maqtov ortidan quvma, lekin bor kuching bilan maqtaladigan darajada ish qil.
  • Nifoq bor uyda oltin goʻngga teng.
  • Ogʻizdan chiqqan soʻzga ikkita otda quvib ham yetolmaysan.
  • Pivoxoʻr tarvuzga oʻxshaydi – qorni kattalashadi, bandi quriydi.
  • Tejalgan pul ishlab topilganidan kam emas.
  • Toʻq ochga ishonmaydi.
  • Haqiqat koʻzga kiradi, quloqni yirtadi.
  • Har bir tulki oʻz dumini maqtaydi.
  • “Hech narsa qilmaydi”ni yuzga koʻpaytirsang, hoʻkizni oʻldirishi mumkin.
  • Hech qachon bundan-da yomonroq boʻlishi mumkin boʻlmagan darajada yomon boʻlmaydi.
  • Shoshib uylansang, shoshmasdan afsuslanasan.
  • Eng toʻgʻri soat – oshqozon.
  • Er uyiga pul olib kelar ekan, xotini uni erkalatishda davom etadi.
  • Yangi til oʻrgansang, yangi qalbga ega boʻlasan.

 

Orif Tolib tarjimasi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.