Dehqon va suv parisi

0
68
marta ko‘rilgan.

Dehqon boltasini daryoga tushirib yubordi. G‘amga botgancha qirg‘oqda ko‘zyosh to‘ka boshladi. Buni eshitgan suv parisining unga rahmi keldi. Daryodan oltin bolta olib chiqib:

– Mana shu sening boltangmi? – dedi.

– Yo‘q, meniki emas, – dedi dehqon.

Suv parisi kumush bolta olib chiqdi. Dehqon bu ham uniki emasligini aytdi. Shundan so‘ng suv parisi haqiqiy boltani keltirdi.

– Ha, mana shu mening boltam, – dedi dehqon.

Suv parisi dehqonga to‘g‘riso‘zligi uchun uchala boltani ham sovg‘a qildi. Uyga qaytgach, dehqon do‘stlariga boltalarni ko‘rsatdi va bo‘lgan voqeani aytib berdi. Buni eshitgan boshqa bir dehqon shunday yo‘l tutib, qimmatbaho boltalarga erishishni mo‘ljalladi. Daryo bo‘yiga borib, boltasini atay suvga otdi. So‘ng yig‘lashga tushdi.

Suv parisi oltin bolta olib chiqdi va so‘radi:

– Bu sening boltangmi, og‘ayni?

– Ha, ha, meniki! – deb qichqirdi dehqon quvongancha.

Suv parisi yolg‘onchi dehqonga oltin boltani bermadi, o‘ziniki ham qaytarmadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“G‘uncha” jurnalining 2019 yil 2-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.