Ibratli hikoyalar haqida

0
808
marta koʻrilgan.

Sharq adabiyotining asosi ibratga qurilgan. Uning oʻzagi “adab” ekani ham bejizga emas. Albatta, quruq nasihatgoʻylik hech bir quloqqa yoqmaydi. Adabiy asar ham ezma pandga aylansa, aks natijaga olib kelishi mumkin. Shu sababli adabiyotda rivoyatlar, hikoyatlar, masallar paydo boʻlgan. Fikrni majoz bilan, obrazlar yordamida ifodalashga harakat qilingan. Maqsad esa bitta – asarning taʼsirchanligini oshirib, kitobxon qalbiga ezguliklarni singdirish.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan ushbu ibratli hikoyalarning ayrimlari hayotda yuz bergan, ayrimlari toʻqima. Biroq ularning barida hayotiy haqiqatlar yashirin. Bu hikoyalar yangidan yozilgan emas, tarjima. Internet foydalanuvchilari oʻz boshidan oʻtkazgan, koʻrgan-eshitgan yoki qaydadir oʻqigan voqealarni shaxsiy sahifalarida yoki saytlarda yozib qoldirishgan. Hikoyalarning muallifi ham yoʻq.

Men bu kichik nuqralarning baʼzilarini deyarli oʻzgartirmay tarjima qildim, baʼzilarining syujeti – suyaginigina oldim, ayrimlarining bir-ikki detalidan foydalanib, boshqa hikoya yozdim. Shu sababli ularning hech biriga toʻlasicha muallifman deya olmayman. Hikmat izlagan qalblarga ziyo baxsh etgan nomaʼlum mualliflarga, ezgu yuragi va amali bilan ana shu voqealarga maʼno bagʻishlagan insonlarga samimiy rahmatlar aytaman.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.