Ma’naviyat yuksalmagan joyda buyuk odam bo‘lmaydi

0
553
marta ko‘rilgan.

Romen Rollan hikmatlaridan

 

  • Agar birgina so‘z bilan odamni baxtiyor qilish mumkin bo‘lsa, bu so‘zni aytmaslik uchun qanchalar razil bo‘lish kerak!
  • Adolatsizlikning oxiri yo‘q: birini to‘g‘rilab, boshqasiga imkon tug‘dirishing mumkin.
  • Asov tanasini bo‘ysundira olgan irodadan ko‘ra havasni keltiradigan narsa yo‘q.
  • Vijdon – e’tiqodning hissiy qorovulidir.
  • Do‘stlar orasidagi tushunmovchilik ular orasiga uchinchi odam tushmagunicha u qadar kuchli bo‘lmaydi.
  • Yolg‘on qarshi qaratilgan odamdan oldin uning egasini halok qiladi.
  • Ikkiyuzlamachi – hamisha qul.
  • Insonning eng birinchi burchi aslidagiday bo‘lishi, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta olishidir.
  • Kechirish jazolashdan ko‘ra ko‘proq jasorat talab etadi.
  • Kun vayron qilganni tiklash uchun asr kerak.
  • Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yo‘q.
  • Ma’naviyat yuksalmagan joyda buyuk odam bo‘lmaydi.
  • Salomatlik ham kasallik kabi yuqumlidir.
  • San’at o‘z davri intilishlariga hamohang bo‘ladi.
  • San’atning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping bo‘lmasa, sukut qil; aytadigan gaping bo‘lsa, yolg‘on aralashtirmay gapir.
  • Sog‘lom bo‘lishni istagan odam birinchi galda yon-atrofidagi havoni tozalashi kerak.
  • Fikrni o‘ldiradiganlar uch karra qotildir.
  • Hayotga muhabbat o‘lim qo‘rquvidan ayro emas.
  • Haqiqiy mag‘lubiyat, o‘nglanmaydigan yagona mag‘lubiyatni – dushmandan emas, o‘zingdan topasan.
  • Har bir jasoratli, har bir adolatli shaxs Vatanga shon-sharaf olib keladi.
  • Hasadgo‘ylar – o‘ta yuraksiz kishilardir. Oyog‘ini bosib olganingizda ham yuzingizga kulib qarab turaverishadi.
  • Chegarasiz tuman bo‘lmaydi. Muhimi – sabot va olg‘a yurish.
  • She’riyat – qofiyadosh so‘zlarning shaqir-shuquri bilan emas, keng miqyosni egallaydigan, inson ko‘zidan ko‘ra chuqurroq va uzoqroqni ko‘ra oladigan ruhiyati bilan she’riyatdir.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2018 yil 1-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.