Ota

2
2053
marta koʻrilgan.

U otasidan hamisha faxrlanib yuradi. Chunki ota bolalarini ham, ayolini ham jonidan ortiq koʻradi. Bu oilaga koʻplar havas qiladi.

Bugun u erta tongdan omborni tartibga keltirishga kirishdi. Bu yerda eski-tuskilar, bir zamonlar ishlatib, hozir keraksiz boʻlib qolgan buyumlar qalashib yotardi. Shu payt charmjildi chang bosib ketgan eski bir kundalikni topib oldi. Otasiniki ekan. Varaqlashga kirishdi. Bir sahifadagi bitiklar eʼtiborini tortdi. Xat onasiga yozilgandi: “Men bir alkash odamman, qingʻir yoʻllarga ham yurganman. Hammasini tan olaman. Lekin menga ishon, hali dunyo yuzini koʻrmagan maʼsum goʻdagimiz haqqi-hurmati oʻnglanaman. Dunyodagi eng yaxshi ota boʻlaman…” Qiz bitik sanasiga qaradi, bu yozuvlar u tugʻilishidan bir oy oldin qogʻozga tushgan ekan.

Qiz qatʼiy bir ishonch bilan shivirladi: “Dada, siz haqiqatan ham dunyodagi eng yaxshi dadasiz!”

 

Orif Tolib

 

Ma’rifat” gazetasining 2015 yil 4 mart sonida eʼlon qilingan.

 

2 Mulohaza

  1. Orifjon, sahifangizni anchadan beri kuzataman. ibratli kichkina hikoyalaringizni «Nuroniy» gazetasiga olsam boʻladimi. Albatta manba koʻrsatiladi.

    • Assalomu alaykum!

      Muallifini koʻrsatib foydalanavering.

      Lekin boshqa nashrlarda chiqmaganlarini olganingiz maʼqul. Koʻpidan qalamhaqi ham olganman. Pul bergan nashrlar oldida xijolatli.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.