Oxirin oʻylagan qahramon boʻlmas!

0
41
marta koʻrilgan.

Rasul Hamzatov

 

Shomil qilichiga yozilgan bu bayt

Bolaligimdan yod, hech unutilmas:

“Maydonga ot solib jangga kirgan payt

Oxirin oʻylagan qahramon boʻlmas!”

 

Shoir, shu hikmatni unutma sen ham,

Qilichday qalamda sheʼrlar yoz oʻlmas:

“Maydonga ot solib jangga kirgan dam

Oxirin oʻylagan qahramon boʻlmas!”

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

Ruscha tarjimada oʻqish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.