Rasul Hamzatov. Derazam ortida yomgʻir shovqini

0
776
marta koʻrilgan.

Oʻtgan yili (2013 yil) fevral-mart oylarida ijodiy taʼtilga chiqib, “dunyodan uzilish” eʼlon qilgandim. Oʻshanda ancha-muncha kitobni oʻqib, moʻljallab-moʻljallamay yurgan narsalarimning ayrimlarini qogʻozga tushirib olgandim.

Ijod juda gʻalati, tushuniksiz jarayon. Baʼzida yozging keladi-yu, yozmay yuraversan. Gohida umuman yozmaslikka ham oʻrganib qolasan. Shunday paytlarda mutolaa va ayniqsa tarjima odamni jonlantiradi, ijodga qaytaradi. Yarim zohidona taʼtilimda garchi yozib turgan boʻlsam ham, bir-ikkita tarjimalar qildim.

Avar xalqining qahramon shoiri Rasul Hamzatovning “Chetki let” (“Yillar marjoni”) kitobini oʻqiyotib, ayrim sheʼrlarni ogʻzaki tarjima qilib ketardim. Kel, shuni qogʻozga tushiray, deb ishga kirishdim. Qarasam, ancha-muncha boʻlib qolibdi. Oradan yetti-sakkiz oy oʻtgach, “Sharq yulduzi”ga olib borib berdim. Ayrim imloviy (nuqta, vergul) oʻzgarishlarni hisobga olmaganda, tarjimalar hech qanday teginishlarsiz jurnalning 2014 yil 2-sonida bosilib chiqdi.

Bir ustoz adibimiz aytganiday, Rasul Hamzatov dono shoir. Sheʼrlardagi favqulodda fikrlar, favqulodda yechimlar sizni hayratlantirib, oʻziga qattiqroq boylab oladi. Lekin shoir faqat mutafakkirligi bilangina oʻziga xos emas. Agar samimiyat, ochiqkoʻngillik, mardonalik, hurfikrlik, viqor kabi fazilatlar va otashin, chin tuygʻular aks etgan sheʼriyatni sogʻingan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Rasul Hamzatovni mutolaa qiling. Istaganingizni albatta topasiz.

 

Orif Tolib


 

 

Qon va koʻzyosh

 

Yaradan qon oqib choʻzilar uzun,

Ammo koʻzda yosh yoʻq…

Chunki bizlarda

Yoshmas, qon oqizmoq afzal er uchun.

Aksini tanlagan erkak boʻlarmi?

 

 

Bulbul qoʻshigʻi

 

Bulbul qoʻshigʻini eshityapsanmi,

Tingla, qanday yuksak, qanday sof tuygʻu.

Ammo neni kuylar – bilmaydi hech kim,

Qush tilin anglashdan ojiz insonlar.

Ishonaman:

Yurtin kuylayapti u.

Yoʻqsa, zerikardi allaqachonlar.

 

 

SAKKIZLIKLARDAN

 

***

 

Nihoyat, sovuq kuz nafasi keldi,

Qushlar ufqqa boqib nafas yutadi.

Yoz boʻyi bu yerni kuylashgan edi,

Endi esa uni tashlab ketadi.

 

Faqat sukut saqlab yurgan burgutlar

Yalangʻoch bogʻlarga ogʻir koʻz tashlab

Ketgisi kelmaydi bu qiyin kunda

Yurtini chorasiz va yolgʻiz tashlab.

 

 

***

 

“Burgutlar! Ne sabab uygʻotdi havas

Sizda bu qoyalar, bu sovuq qorlar?”

“Ozodlik tuygʻusi issiq uygamas,

Bizni choʻqqilarga – yuksakka chorlar”.

 

“Yurtdoshlar bu yerga keldingiz nega,

Bu yerda nima bor togʻ-toshdan oʻzga?!”

“Issiq uylar emas, shu qor, shu qoya

Ozodlik tuygʻusin baxsh etdi bizga!”

 

 

***

 

Xotiniga atab sheʼr yozar shoir:

“Sen mening chirogʻim, yulduzim, shuʼlam.

Sen yonimda boʻlsang, hayot shirindir,

Yoʻq boʻlsang, dilimga toʻlar achchiq gʻam”.

 

Mana, ostonada boʻladi hozir

Sheʼrda madh etilgan yulduz – pariroʻy.

“Eh, yana senmisan, – qichqirar shoir, –

Xudo haqqi, birpas ishlagani qoʻy!”

 

 

***

 

Sheʼriyat, kuchliga xizmatkormassan,

Mudom mazlumlarni qilding himoya.

Panohsiz qolganga tashlading soya,

Zolimga haq soʻzni aytding qoʻrqmasdan.

 

Sheʼriyat, biz senga qilamiz havas,

Kuchlilar koʻziga tik boqding, bardam.

Shu sabab judayam goʻzal boʻlsang ham,

Seni kelinchakka oʻxshatib boʻlmas.

 

 

***

 

Olis yurt safarin tugatib qaytdim,

Oʻgʻli halok boʻlgan onalar dilgir

Soʻradilar: “Bolam, musofir payting

Biror yurtdoshingga koʻzing tushgandir?”

 

Men esa yolgʻonni toʻqidim shitob:

“Ha, bir vatandoshga, rosti, duch keldim”.

Onalar jim qotdi. Har biri shu tob

U mening bolam deb oʻyladi, bildim.

 

***

 

Tiriklarga tegma, tegma, shuhrat-shon,

Sen hali bilmaysan insonning sirin.

Gohida oʻldirib qoʻyasan, ishon,

Hatto eng kuchlisi, eng yaxshilarin.

 

Asli, oʻliklarga keraksan, bilsang,

Ularga xalaqit bermaysan, ishon.

Aksincha, olovli nafasing bilan

Ularga qaytadan baxsh etasan jon.

 

 

***

 

Derazam ortida yomgʻir shovqini,

Momaqaldiroqning qahqahli uni.

Koʻnglimda tuygʻular qorishar hozir:

Iztirob va shodlik, sevgi va qahr.

 

Dardlarim joylayman qoʻshiqlarga va

Shodlikni doʻstlarga qilaman sovgʻa.

Sevgim odamlarga tortiq boʻladi,

Qahrim esa bir oʻzimga qoladi.

 

 

***

 

“Shodlik, toʻxta, qayga uchyapsan?”

“Sevgisi bor qalbga-da, axir!”

“Yoshlik, sen-chi, qayga shoshyapsan?”

“Sevgisi bor qalbga-da, axir!”

 

“Yoʻl boʻlsin-ov, kuch va jasorat?”

“Sevgisi bor qalbga-da, axir!”

“Siz qayerga, qaygʻu-mashaqqat?”

“Sevgisi bor qalbga-da, axir!”

 

 

***

 

Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar

Bola tasavvurim qoldirib hayron

Mohak toshin ishga solar edi va

Sof oltinni misdan farqlardi oson.

 

Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,

Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.

Men ham mohak toshing – nazaring bilan

Suʼniy misralarni farqladim oson.

 

 

TOʻRTLIKLARDAN

 

***

 

Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,

Tole ham bemavrid kuladi gohi.

Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,

Atala ichgandim tishim bor chogʻi.

 

 

***

 

Nimaga oʻxshaydi odamdagi nutq?

Men uni yomgʻirga mengzagim kelar:

Bir kun yogʻsa qutdir, ikkinchi kun – qut,

Shundan soʻng tinmasa bir ofat boʻlar.

 

 

***

 

“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”

“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”

“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”

“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”

 

***

 

Olov va kasallik, qarzlar va dushman,

Tomdan oʻtgan chakki, musibat va kin –

Faqat ahmoq odam, aqlini yegan

Bularga mensimay qarashi mumkin.

 

 

Rus tilidan  Orif Tolib tarjimasi

 

“Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan.

 


 

 

ASL MATN.

STIXI NA RUSSKOM

 

Krov i slyoziʼ

 

Iz raniʼ krov stekayet struykoy dlinnoy,

No ni slezinki…

Yest u nas zakon:

Doroje krovi

sleziʼ dlya mujchiniʼ.

A inache –

kakoy mujchina on?

 

 

Pesnya solovya

Sliʼshish pesnya solovya?

V ney zvuchit torjestvo.

No o chem on poyet?

Neizvestno, uviʼ, nikomu.

Ya uveren:

O rodine pesnya yego.

Ved drugaya davno b nadoyelo yemu!

 

 

IZ VOSMISTISHIY

 

***

Vse yavstvenniʼe oseni primetiʼ,

I stai ptits, ponyav, chto zdes ne ray,

Xot peli rodine xvalu vse leto,

Na tepliʼy kray menyayut otchiy kray.

 

I lish orliʼ, chto molchaliviʼ biʼli,

Glyadyat na ogolenniʼe sadiʼ

I ne speshat, svoi raspraviv kriʼlya,

Rodimiʼy kray pokinut v chas bediʼ.

 

***

«O gorniʼe orliʼ, chto vas vlechet

Syuda, gde sneg v lyuboye vremya goda?»

«Miʼ ni tepla ne ishʼem, ni shʼedrot,

Zdes viʼsotu daruyet nam svoboda»

 

«O zemlyaki moi, chto vas vleklo

Syuda, gde trudno obuzdat prirodu?»

«Nas priveli ne blago, ne teplo –

Nam viʼsota sulila zdes svobodu!»

 

***

Pisal poet stixi jene:

«Tiʼ svet moy, i zvezda, i zorka.

Kogda tiʼ ryadom – sladko mne,

Kogda tebya ne viju – gorko!»

 

No vot jena – zvezda i svet –

Yavilas, vstala u poroga.

«Opyat tiʼ zdes, – vskrichal poet, –

Day mne rabotat, radi boga!»

 

***

Poeziya, tiʼ silniʼm ne sluga,

Tiʼ zashʼishʼala tex, kto biʼl unijen.

Tiʼ prikriʼvala vsex, kto biʼl obijen,

Vo vlast imushʼem videla vraga.

 

Poeziya, s toboy nam ne k litsu

Za silniʼm vozviʼshat svoy golos chestniʼy,

Tiʼ poxodit ne mojesh na nevestu,

Kotoruyu koriʼst vedet k vensu.

 

***

Ya vozvratilsya iz dalekix stranstviy,

I materi pogibshix siʼnovey

Sprosili, ne vstrechal li dagestansev

Na dalnix beregax chujix morey.

 

I sogreshil ya lojyu nepodsudniʼy,

Skazal: mol, vstretilsya zemlyak odin.

I materi zamolkli, verya smutno,

Chto eto ix davno propavshiy siʼn.

 

***

Slava, ne nado, ne trogay jiviʼx,

Chto tiʼ o lyudyax znayesh?

Daje silneyshix i luchshix iz nix

Tiʼ inogda ubivayesh.

 

Slava, tiʼ mertviʼm nujney, chem jiviʼm,

Im tiʼ ne pomeshayesh.

Mertviʼx goryachim diʼxanyem svoim

Tiʼ navsegda voskreshayesh.

 

***

Dojd shumit za moim oknom,

Grom gremit za moim oknom.

Vse v dushe u menya slilos:

Bol i radost, lyubov i zlost.

 

Radost ya podaryu druzyam,

Pesne bol ya svoyu otdam.

Lyudyam budu lyubov darit,

Zlost ostavlyu – sebya korit.

 

***

– Radost, pomedli, kuda tiʼ letish?

– V serdse, kotoroye lyubit!

– Yunost, kuda tiʼ vernutsya speshish?

– V serdse, kotoroye lyubit!

 

– Sila i smelost, kuda viʼ, kuda?

– V serdse, kotoroye lyubit!

– A viʼ-to kuda, pechal da beda?

– V serdse, kotoroye lyubit!

 

***

Mne sluchalos videt inogda:

Zlatokuznetsiʼ – moi sosedi –

S pomoshʼyu kazaba bez truda

Otlichali zoloto ot medi.

 

Moy chitatel – sennostey znatok,

Mne bez tvoyego kazaba tyajko

Raspoznat v xitrospletenye strok,

Gde pod vidom zolota – medyashka.

 

 

IZ CHETVEROSTISHIY

 

***

Raspredeleniye zemniʼx shʼedrot

Poroy nespravedlivo v jizni nashey.

Ya stal bezzub – suyut mne myaso v rot,

Biʼl pri zubax ya – probavlyalsya kashey.

 

***

S chem rech lyudskuyu sravnit? Chemu eta rech pod stat?

Sravnyu ya yee s dojdem, s yego jivoyu vodoyu:

Dojd den idet – blagodat, i dva idet – blagodat,

A ne perestanet potom – stanet bolshoy bedoyu!

 

***

«Skaji mne, chto v mire prezrenney vsego?»

«Drojashʼiy, trusliviʼy mujchina!»

«Skaji mne, chto v mire prezrenney yego?»

«Molchashʼiy, trusliviʼy mujchina!»

 

***

Ogon, dolgi, bolezni, vrag,

Nevzgodiʼ, protekayushʼiye kriʼshi, –

Preumenshayet lish durak

Znachenye perechislennogo viʼshe.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.