Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir

0
1213
marta koʻrilgan.

Lui Aragon hikmatlaridan

 

  • Agar koʻksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
  • Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga koʻra, uning yuzi deyish mumkin.
  • Ajoyib kechalarning birida kelajak oʻtmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysanda, olislayotgan yoshligingni koʻrasan.
  • Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.
  • Biz koʻpincha yoʻq joydan muammolar oʻylab topamiz.
  • Davrimizning ziyonati yorqin shoirlardir. Angliyada – Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada – Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda – Charens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir soʻnganda goʻyo dunyo zulmatga choʻmganday boʻldi.
  • Dunyo yolgʻonchi guvohlarga toʻla.
  • Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
  • Quyosh hamisha ishqibozlarining koʻzini qamashtirgan.
  • Men bu kitobni ikkita bir-biriga oʻxshamaydigan davrni qiyoslab boʻlmasligini koʻrsatish uchun yozdim. Oʻtmishni bugungi kundan kelib muhokama qilish yoki izohlashdan koʻra johilona ish yoʻq.
  • Odam nimadan hayratlansa, oʻshani koʻngliga yaqin oladi.
  • Odamlar koʻpincha oʻzlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
  • Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
  • Rashk bu – jon joyingga toʻxtov bilmay sanchilayotgan ignadir.
  • Tanqid muddatsiz surgundir.
  • Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir.
  • Toʻgʻrilik koʻpincha muhokama qilinmaydi.
  • Faqat mehnatgina insonning qiyofasini oʻzgartira oladi.
  • Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek boʻlmaydi.

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 10-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.