“Tashqarida yomgʻir…”

0
496
marta koʻrilgan.

Rasul Hamzatov

 

***

Tashqarida yomgʻir. Tuman oʻrmalar,

Tomchilar darchamga urilar bir-bir.

Olis oʻngirlaru yaqin kulbalar –

Barini erinmay yuvadi yomgʻir.

 

Atrofga yoyilgan qalin bir parda,

Na yaqin, na yiroq koʻrinar ayon.

Koʻzimni yumaman. Xayolda birdan

Yashab oʻtgan umrim boʻlar namoyon.

 

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

 

👉 Ruschasini  oʻqish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.