To‘g‘rilik har qanday unvonni bezaydi

0
146
marta ko‘rilgan.

Fridrix Shiller hikmatlaridan

 

  1. Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan o‘tkazadilar.
  2. Zulmni murosasiz yomon ko‘radigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin.
  3. Iroda inson bolasining o‘ziga xos sifatidir, aql esa irodani boshqarish uchun o‘zgarmas qoidadir.
  4. Ishni tezroq tugallash harakatida bo‘l.
  5. Ishni yarim yo‘lda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yog‘i nima bo‘lar ekan, deb og‘zini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir.
  6. Ishongan odam boshqalarni ham oson ishontiradi.
  7. Yo‘qotilgan daqiqani hatto abadiyat ham qaytara olmaydi.
  8. Ko‘pchilikning ovozi adolatning mezoni bo‘la olmaydi.
  9. Mardonalik instinktga qarshi kurash ifodasidir.
  10. Minnatdorlik eng tez unutiladigan narsadir.
  11. Nomus hayotdan azizroq.
  12. Odam maqsadlari kattaygani sari ulg‘ayib boradi.
  13. Ota-onalar o‘zlarining nuqsonlarini bolalarida ko‘rganlarida ko‘proq jahllanadilar.
  14. Rasmga mahliyo bo‘lib, uni chizgan kishini butunlay unutib qo‘yganimiz, aslida, rassomga eng katta maqtovdir.
  15. Tabiatga qarshi bo‘lgan narsa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi.
  16. To‘g‘rilik har qanday unvonni bezaydi.
  17. O‘z topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yo‘qotadi.
  18. O‘zini boshqara oladigan odamgina erkindir.
  19. Faqat qat’iyatgina maqsadga eltadi.
  20. Har qanday g‘alabadan ustun narsa kechirimdir.
  21. She’riy asar o‘zini o‘zi himoyalashi kerak. Harakat gapirmaydigan joyda so‘z foyda berishi dargumon.
  22. Yaramas ishlarning oxiri voy: ular yangi-yangi qabihliklarni keltirib chiqaradi.
  23. Yaxshi aktyorlar uchun yomon rol yo‘q.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.