Vaqtdan yutgan hamma narsada yutadi

0
316
marta koʻrilgan.

Jan Batist Molyer hikmatlaridan

 

  • Ayblamoqchi boʻlgan odamning shoshilishga haqqi yoʻq.
  • Ahmoqona hayot ahmoqona oʻlimga olib boradi.
  • Biz nafaqat qilgan ishimizga, balki qilmagan ishimizga ham javobgarmiz.
  • Vaqtdan yutgan hamma narsada yutadi.
  • Gʻiybatga qarshi dorini butun dunyoni aylanib chiqib ham topib boʻlmaydi. Toʻgʻri yoʻl – vijdonan yashash va mayda gap-soʻzlarni nazarga ilmaslik.
  • Ish soʻz bilan oldinga siljimaydi. Gapirish emas, harakat qilish kerak. Muammolarni soʻzdan koʻra amallar yaxshiroq hal etadi.
  • Ishq domiga tushgan odam qoyaday mustahkam boʻlishi zarur.
  • Mulohaza koʻzingni ochadi, ehtiros koʻr qiladi.
  • Muhabbat koʻpincha nikohning natijasidir.
  • Nimanidir oʻrganganingni bilish naqadar yoqimli!
  • Odamlar eng begunoh ishni ham jinoyatga aylanirishi mumkin.
  • Soʻzning yarmi aytuvchiga, yarmi tinglovchiga tegishli.
  • Urfga kirgan nuqsonlar fazilat deb qabul qilina boshlaydi.
  • Hasadchilar oʻladi, hasad esa – yoʻq.
  • Shunday odamlar bor: birinchi koʻrganingdayoq senda qiziqish va hurmat uygʻotadi.
  • Eng chidab boʻlmaydigan narsa – axmoqning olimligi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2019 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.