Yaxshi gaplarni ko‘pchilik gapirishi mumkin…

0
154
marta ko‘rilgan.

Rabindranath Thakur hikmatlaridan

 

  • Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
  • Baxt o‘zini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
  • Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
  • Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga o‘zimizni uramiz.
  • Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun to‘lovdir.
  • Kuchini ko‘rsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos.
  • Qurigan daryoga o‘tmishi sabab rahmat aytmaydilar.
  • Maqtov meni pastga uradi, chunki uni ichimda o‘zim so‘rab turaman.
  • Mast o‘zini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun ko‘rgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
  • Muhabbatning haqiqiy go‘zalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
  • Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.
  • Pessimizm qalb alkogolizmining bir ko‘rinishidir.
  • Rohat-farog‘atlarga ko‘milib, lazzat hissidan mosuvo bo‘lamiz.
  • Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Do‘stim, sening yo‘ling bitta: o‘zingni takomillashtir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalaru to‘siqlardan cho‘chima.
  • Hamma haqiqatni aytishga chog‘lanmagan paytingda samimiy bo‘lish oson.
  • Hatto qaroqchilar to‘dasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishlari kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
  • Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
  • Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib o‘ta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
  • Er-xotinlik – san’at va uni har kuni yangilab turish kerak.
  • Yulduzlar o‘zlarini tillaqo‘ng‘iz deb o‘ylashlaridan qo‘rqmaydi.
  • Yaxshi gaplarni ko‘pchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi u aqlning kuchini talab etadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 5-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.