Antiqa xushomad

0
723
marta koʻrilgan.

Aleksandr Dyuma oʻz davrining atoqli vrachlaridan biri Gistal bilan tushlik qiladi. Doʻxtir yozuvchidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berishni soʻraydi. Bu kitobga koʻpincha davo topgan bemorlar oʻz dil izhorlarini bitishar edi.

Dyuma ilk jumlasini yozadi:

“Doʻxtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boshlab shifoxonalarni berkitish kerak”.

Bu gapni oʻqigan vrach taltayib ketadi:

– Paxtaniyam tozasidan qoʻydingiz-ku, taqsir!

Shundan soʻng Dyuma fikrini shunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham ochish zarur…”

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.