“Buni biz ham qila olamiz!”

0
705
marta koʻrilgan.

Yangi qitʼa kashfiyotchisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar koʻp edi. Hasad bor joyda albatta gʻiybat boʻladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir toʻda alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:

– Dengizdan suzib oʻtib, quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!

Xristofor ular oʻtirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona pishmagan tuxum soʻrab oladi.

– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yoʻq. Qani, mana shu tuxumni tik turgʻazib beringlar-chi!

Gʻiybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.

– Boʻpti, oʻzing qil-chi! – deyishadi nihoyat.

Kolumb tuxumni oladi-da, “tirs” etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi biroz pachoq boʻladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan gʻiybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:

– E-e, shuyam ishmi? Buni biz ham qila olamiz!

– Toʻgʻri, – deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat Kolumbdan keyin.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 2-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.