“Davolay olmayman…”

0
137
marta ko‘rilgan.

Mashhur olmon vrachi va mikrobiologi, fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Robert Kox (1843–1910) ning huzuriga bashang kiyingan dimog‘dor bir ayol kirib keladi.

– Nima shikoyatingiz bor, azizam? – deb so‘raydi vrach.

– Janob professor, – deya nafratlangan qiyofada gap boshlaydi haligi ayol. – Bu nima adabsizlik? Kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi? Menga hamisha “muhtarama xonim” deb murojaat etishadi. Boshqacha chaqirishlariga o‘rganmaganman.

– Ming afsus, men bu kasallikni davolay olmayman, – deb quruqqina javob beradi Kox va eshikka yuzlanadi: – Navbatdagi kim?

 

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 3-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.