Frensis Skott Fitsjerald suygan kitoblar

0
143
marta ko‘rilgan.

Frensis Skott Fitsjerald (1896-1940) Amerika adabiyotining mumtoz vakillaridan biridir. “Buyuk Getsbi”, “Mayin tun”, “Jannatning narigi tomonida” romanlari bor.

Uning eng mashhur asari “Buyuk Getsbi” yozuvchi hayotlik paytida u qadar dovruq qozonmaydi. Bor-yo‘g‘i 24 000 adadda sotiladi, xolos. Roman elliginchi yillarga kelibgina ommalashadi. Ushbu asar so‘nggi o‘n yillikda juda ko‘p ingliztilli mamlakatlarda o‘rta maktablar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qilishi shart bo‘lgan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgan.

Yozuvchi Shimoliy Karolinadagi mehmonxonalardan birida yashayotganda hamshira Doroti Richardson bilan do‘stlashib qoladi. Adabiyotgan qiziqadigan kishi o‘qishi shart deb hisoblagan kitoblari ro‘yxatini tuzib, hamshiraga beradi. Quyida ana shu asarlarning ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin.

 

  1. Teodor Drayzer, “Kerri opa” romani.
  2. Henrik Ibsen, “Qo‘g‘irchoq uyi” pyesasi.
  3. Shervud Anderson, “Uaynsburg, Ohayo” hikoyalar to‘plami.
  4. Arnold Bennet, “Kampirlar qissasi” romani.
  5. Deshil Hemmet, “Malta lochini” romani.
  6. Stendal, “Qizil va qora”.
  7. Gi de Mopassan hikoyalari.
  8. Gardner Myorfi tahririda nashr etilgan psixopatologiya haqidagi ocherklar.
  9. Anton Chexov hikoyalari.
  10. Aleksand Jessap tahririda nashr etilgan “Amerikaning eng yaxshi yumoristik hikoyalari” to‘plami.
  11. Jozef Konrad, “G‘alaba” romani.
  12. Oskar Uayld pyesalari.
  13. Uilyam Folkner, “Ibodatxona” romani.
  14. Marsel Prust, “Gul-gul yashnagan qizlar soyasida” romani.
  15. Marsel Prust, “Germantlar tomonda” romani.
  16. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik”.
  17. Jon Kits she’rlari.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

 “Yoshlik” jurnalining 2017 yil 5-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.