Gʻalat dunyo

0
798
marta koʻrilgan.

Kecha kun.uz da bir xabarga koʻzim tushdi. Anchagacha shu xabar taʼsirida yurdim. Yuz bilan yuzlashayotgan otaxon oʻzining 4 nafar oʻgʻlini sudga beribdi. 7 nafar farzandning 90 yoshli otasi biror farzandi unga gʻamxoʻrlik qilmayotgani sababli sudga murojaat qilishga majbur boʻlgan.

Yigʻlaging keladi. Yoshini yashab, munkillab qolgan ota koʻchada qolib ketsa, oʻgʻillarning birortasi odam boʻlib yordam bermasa.

Daʼvogar ota sudda gʻamxoʻrlikka oʻta muhtoj ekani, 4 nafar oʻgʻlidan birortasi biror marta xabar olmagani, qizlarining uyiga hadeb boraverish esa kuyovlariga yoqmasligini maʼlum qilgan.

Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida bir necha marta xabar qilingan boʻlsa-da, oʻgʻillardan birortasi kelmagach, ish sirtdan koʻrib chiqilgan. Daʼvo qanoatlantirilib, darhol ijroga qaratilgan. Oʻgʻillardan otaga belgilangan miqdorda pul undirish belgilangan.

Sudya katta yordamchisi nashrga maʼlum qilishicha, soʻnggi yillarda ota-onaning farzandlar ustidan daʼvo arizalari kiritishi koʻproq uchramoqda.

Nima deyishgayam hayronsan.

Toʻgʻri, tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Balki bunday daʼvo kiritayotganlarning baʼzilari vaqtida farzandlarini qarovsiz tashlab qoʻygandir, ularga zulm qilgandir, yallo qilib yurgandir va hokazo. Lekin hozir ular gʻaribu notavon, boshqaning qoʻliga qarab qolgan. Bunday paytda oʻtgan ishlarga koʻz yumish, ota-ona yaxshilik qilmagan boʻlsa ham bagʻrikenglik koʻrsatish kerak, menimcha. Kim boʻlishidan qatʼi nazar, ular – ota-ona. Ota-onani rozi qilishning savobi esa juda-juda ulkan.

Bunaqa xabarlarni oʻqigandan keyin, xayolga “hech kimni birovga muhtoj qilmasin” degan gap keladi.

Ota-onalik va farzandlik burchini toʻla-toʻkis ado etish barchamizga nasib etsin.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.