Kartoshka oltindan koʻp foyda keltiradimi?

0
1998
marta koʻrilgan.

Poliz ekinlari madaniylashtirilib, xoʻjalikda foydalanila boshlagach, taomlarning soni va sifati ham oshib borgan. Poliz ekinarini birdaniga isteʼmol uchun ishlatilmagan. Ular haqida biz bilmagan, tasavvur qilmagan narsalar koʻp. Quyida ayrim qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishgach, bunga oʻzingiz ham guvoh boʻlasiz.

Hisob-kitoblarga koʻra, dunyo boʻyicha bir yilda yetishtiriladigan kartoshkaning qiymati shu muddat ichida qazib olinadigan oltin va kumush qiymatidan koʻpdir. Bu serdaromad sabzavot Yevropada XVI asrda paydo boʻlgan. Dastlab uni bogʻlarda manzarali oʻsimlik sifatida ekishgan, keyinchalik ustki hoʻlmevasidan murabbo tayyorlaganlar. Va nihoyat ildizmevasini ham isteʼmol qila boshlaganlar. Ancha vaqt mobaynida kartoshka juda tanqis boʻlgan, turli bayramlarda odamlar uni yaqinlariga sovgʻa sifatida ulashgan.

Yevropa va Osiyoga kartoshka yetib kelmasdan oldin sholgʻom asosiy yeguliklardan biri boʻlgan.

Sabzi eng qadimgi madaniylashtirilgan ildizmevalardan biri hisoblanadi. Uning qoldiqlari arxeologik qazilmalar paytida ham topilgan. Rim yozuvchilari sabzini “sabzavotlar qiroli” deb atagan.

Loviya odamlarga juda qadim zamonlardan maʼlum boʻlgan. Biroq Qadimgi Misrda bu ekinga xurofiy nazar bilan qarashgan. Uning gulidagi qora dogʻlar oʻlim nishonasi hisoblangan.

2 ming yil oldin ham forslar lavlagi nimalagini bilishgan. Biroq unga urish-janjal belgisi deb qaraganlar.

Yetilayotgan karamning boshi bir kunda ishga yaroqli ot ichadigan suvni “hazm qilib yuboradi”.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2010

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.