Kuvaytda Islom

0
198
marta koʻrilgan.
Kuvayt. “Masjidul Kabir”

Kuvaytda Islom davlat dinidir. Islom dini Arabiston yarimorolidan butun dunyoga yoyildi, yarimorol shimol-sharqidagi bugungi Kuvayt hududlarida yashagan xalqlar ham VII asrdayoq hidoyat baxtiga erishdi. Hozir toʻrt yarim milliondan ortiq aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat. Ularning aksariyati – sunniylar. Oz miqdorda boshqa din vakillari ham bor. Eʼtiqod erkinligi qonun bilan mustahkamlangan.

Mamlakatda 1500 ga yaqin masjid bor. Poytaxt Al-Kuvaytdagi “Masjidul Kabir” jomesi mamlakatdagi eng katta masjiddir. Qirq besh ming kvadrat metr maydonni egallagan majmua masjid binosi, namozgoh, kutubxona va boshqa binolarni oʻz ichiga oladi. Masjid devorlariga asmoul husna – Allohning toʻqson toʻqqiz ismi naqsh qilingan. Masjid oʻn mingdan ortiq musulmonni sigʻdira oladi, ayollarga moʻljallangan toʻqqiz yuz ellik kishilik alohida zali ham bor. “Masjidul Kabir” qurilishi 1979 yili boshlanib, 1986 yili tugallangan va shavvol oyining birinchi sanasi – Ramazon hayiti kuni ochilgan.

Kuvaytdagi eng qadimiy masjidlardan biri “Ibn Bahr” jomesidir. U 1670 yili qurib bitkazilgan. Unga Shayx Ibrohim ibn Abdulloh Bahr asos solgan. Masjid 1745 va 1858 yillari taʼmirlangan, 1956 va 2000 yillari esa rekonstruksiya qilingan.

 

Orifjon Madvaliyev

tayyorladi.

 

“Islom nuri” gazetasining 2019 yil 17-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.