Matnsiz kitob

0
1762
marta koʻrilgan.

Bernard Shoudan bir safar “Kimsasiz orolga olib ketishingiz mumkin boʻlgan beshta kitobni ayting”, deb soʻrashadi. Mashhur yozuvchi: “Top-toza varaqli beshta kitobni tanlagan boʻlardim”, deb javob beradi. Buni Amerikadagi “Harmony Books” nashriyoti 1974 yili hayotga tatbiq etadi. “Hech narsa kitobi” nomi bilan nashr qilingan 192 ta toza varaqli kitob tez orada oʻz xaridorlarini topadi. Shundan soʻng nashriyot bu “asar”ni bir necha bor qayta chop etadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2015 yil 11-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.