“Mayli, chap qoʻlim bilan oʻynayman”

0
609
marta koʻrilgan.

Semyuel Klemens oʻn sakkiz-oʻn toʻqqiz yoshlarida Nevada shtatidagi Virjiniya Siti shaharchasiga keladi. Bu yerda “Mahalliy tadbirkorlik” (“Territorial Enterprise”) gazetasiga ishga kirib, “Mark Tven” taxallusi bilan chiqishlar qiladi. Kunlarning birida boʻlajak yozuvchi bilyardxonaga kiradi. U yerda bir notanish kishi yarim dollarga bilyard oʻynashni taklif qiladi. Semyuelni qiziqtirish uchun “Mayli, chap qoʻlim bilan oʻynayman”, deb qoʻshib ham qoʻyadi. Bu gap yosh reportyorga taʼsir qiladi. “Bu maqtanchoqning adabini bir berib qoʻyay”, deb yeng shimarib oʻyinga kirishadi. Biroq ish chappasiga ketadi. Oʻyinni boy bergan Mark Tven raqibiga: “Chap qoʻlda shunchalik oʻynar ekansiz, oʻng qoʻlda oʻynashingizni ham bir koʻraylik”, deydi havas bilan. “Afsus, ilojim yoʻq, – deb javob beradi raqibi, – axir, men chapaqayman”.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.