Ochiq koʻz bilan aksa ursa boʻladimi?

0
1863
marta koʻrilgan.

(qiziqarli maʼlumotlar)

 

• Oyda Mirzo Ulugʻbek nomidagi krater bor.

• Futbol toʻpining anʼanaviy oq-qora koʻrinishi u oq-qora televizion ekranlarda yaxshi aks etishi uchun oʻylab topilgan.

• Sportning shaxmat va boks turlari qoʻshilishidan paydo boʻlgan shaxboks oʻyini boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazilib turiladi.

• 1849 yili senator David Atchison faqatgina 1 kunga AQSH prezidenti lavozimini oʻtaydi, shunda u bu kunning asosiy qismini… uxlab oʻtkazadi.

• Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.

• Pyotr I ning boʻyi taxminan 213 sm. ni tashkil etgan.

• Ochiq koʻzlar bilan aksa urish mumkin emas.

• Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta koʻp kiprik qoqishar ekan.

• Jazoirda “siyoh koʻli” bor. Uning suvi bilan qogʻozga yozsa boʻladi.

• Insonda 20 ta sut tishi boʻladi.

• Marsga hali inson qadami yetmagan boʻlsa-da, ushbu sayyoraning oʻz bayrogʻi bor.

• Har yili 14 martda Pi kuni nishonlanadi. Amerika bu sana 3.14 (uchinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni) deb yoziladi.

• Boliviyada professional dengizchilar tayyorlaydigan maxsus maktab bor. Qizigʻi, Boliviyaning dengizga chiqish yoʻli yoʻq.

• Tennisning oyoqda oʻynaladigan turi ham bor va u “futboltennis” deb ataladi.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

 

2010

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.