Olimpiadaning gʻaroyib voqealari

0
2035
marta koʻrilgan.

Olimpiada oʻyinlari jahondagi eng yirik xalqaro musobaqalardan biri hisoblanadi. Uning dastlab Qadimgi Yunonistonda paydo boʻlgani, keyinchalik yana qayta tashkil etilgani haqida xabaringiz bor. Bugun mazkur turnir bilan bogʻliq turli qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishasiz.

Olimpiada oʻyinshlarining vujudga kelishiga sport emas, urushlar sabab boʻlgan. Chunki qadimgi yunonlar jangchi yaxshi yugurish, nayza uloqtirish, raqibni urib qulatishda boshqalardan ustun boʻlishi zarurligini yaxshi bilgan. Shu sababli Olimpiada oʻyinlari oʻylab topilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, qadimgi yunonlar oʻz yil hisoblarini birinchi Olimpiada oʻtkazilgan sanadan – miloddan avvalgi 776 yildan boshlagan.

Garchi Qadimgi Yunonistonda eng yaxshi jangchilar spartaliklar hisoblansa-da, ular biror marta ham chempion boʻlmagan. Chunki bir-ikki marta yutqazgandan soʻng musobqada umuman qatnashmaslikni maʼqul koʻrganlar.

Baron de Kuberten

Zamonaviy Olimpiada oʻyinlari asoschisi baron de Kubertenning oʻzi ham musobaqalarda chempionlikni qoʻlga kiritgan. Boisi Parijda tashkil etilgan birinchi zamonaviy Olimpiada oʻyinlari tartibidan shoirlar bellashuvi ham oʻrin olgan edi. Baron de Kuberten “O sport, sen oʻzing bir dunyosan!” degan sheʼri bilan zafar quchgan.

Bir yunon kishisi aravalar poygasi boʻyicha oʻtkazilgan turnirda birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni bir paytning oʻzida qoʻlga kiritgan. Hayron boʻlmang, buning siri – oddiy. Oʻsha paytdagi qoidaga muvofiq, gʻoliblik aravani boshqargan kishiga emas, aravaning egasiga berilgan.

Qadimda Olimpiada oʻyinlari gʻolibi boʻlgan kishi oʻz shahriga juda katta dabdaba bilan kirib borgan. Shaharga boshqalar qatori darvozadan kirmagan. Uning uchun devorlar buzilib, maxsus darvoza yasalgan. Bu narsa “shunday pahlavoni bor shaharga devorning keragi yoʻq” degan maʼnoni anglatgan.

Olimpiada oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan 1988 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati davrida ham gʻaroyib voqea yuz bergan. Oʻlimga hukm qilingan bir meksikalik turma maʼmuriyatidan jazoni amalga oshirish muddatini musobaqalar oʻtguncha choʻzishni soʻraydi. Chempionat tugagach uning Yerda qiladigan ishi qolmasligini, oʻlimni xursandchilik bilan qarshi olishini aytadi. Maʼmuriyat ashaddiy ishqibozning talabini qondiradi. Lekin jazoni amalga oshirishning hojati qolmaydi. Meksikaning gʻalaba qozonganini koʻrgan mahbus hayajondan infarkka uchraydi va dunyodan oʻtadi.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2009

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.