Qiyin joyi

0
922
marta koʻrilgan.

Ajoyib kunlarning birida taniqli fransuz yozuvchisi Volterga oʻrtamiyona adiblardan biri pyesasini beradi va oʻqib chiqib, fikrini aytishini soʻraydi. Volter asarni noiloj oʻqib chiqadi. Fikrini betoqat kutayotgan qalamkashga esa mulohazasini shunday bayon etadi:

– Bunaqa tragediyani yozish umuman qiyin emas. Asar muallifiga mulohaza aytish qiyin, xolos.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.