Tilga hurmatning poydevori millatga hurmatdan quriladi

0
661
marta koʻrilgan.

Hozir qizimga multfilm qoʻyib berish uchun televizorni yoqqandim. Xalqaro press-klubda til masalasiga oid chiqishlar boʻlyapti ekan. “Uzreport” va “Oʻzbekiston24” kanali efirga uzat.

Taniqli adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldoshev juda yaxshi gaplarni gapirdi. Afsuski, ortiq koʻrolmadim. Qizim televizor kimniki ekanini yana bir bor isbotlab 😅, “Bolajon”ga oʻtkazdirib oldi.

Domlaning taʼkidlashicha, bu masalada davlatning qatʼiy pozitsiyasi kerak, masalaga amaliy yechim topish zarur, mutasaddilarning oʻzlarini yechim topayotganday qilib koʻrsatishlaridan esa foyda yoʻq. Oʻzbek tiliga hurmatsizlik, xususan korxonalarga, inshootlarga chet tilida nom berish aslida oʻzbekni, shu millatni hurmat qilmaslikdir. Bu nom kim uchun? Odamlar uchun. Boshqalarga topiladigan izzat-eʼtibor oʻzbekka yoʻqmi?

Olim iloji boricha hissiyotini ifodalamaslikka urindi. Lekin bu masalada, tilimizning hozirgi holatida hissiyotga berilmaslikning iloji yoʻq.

Domlaning gapiga qoʻshilaman. Aniq, amaliy harakatlar kerak. Aks holda bunday debatlar, chiqishlar, oh-vohlarning sezilarli foydasi tegishiga ishonmayman.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.