“Xotirjam bo‘lishingiz uchun…”

0
208
marta ko‘rilgan.

Mashhur masalchi Ivan Krilov ijarada turgan uyning egasi bir shartnoma ko‘tarib keladi. Shartnomada agar ijarachining aybi bilan yong‘in chiqadigan va uyga zarar yetadigan bo‘lsa, u 60 000 rubl miqdoridagi mablag‘ bilan zararni qoplashi ko‘rsatilgan edi. Krilov ko‘rsatilgan summaning ortiga yana ikkita nol qo‘shib qo‘yadi.

– Men hamma shartlarga roziman, – deydi masalchi qog‘ozni uy sohibiga qaytarar ekan. – Mutlaqo xotirjam bo‘lishingiz uchun zarar qoplamasini 100 baravar ko‘paytirib qo‘ydim. Mendan nima ketdi? Yong‘in chiqadigan bo‘lsa, birinchi summaniyam, ikkinchi summaniyam baribir to‘lay olmayman-ku!

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.