Yuksak ehtirom

0
1861
marta koʻrilgan.

Heynrix Heyne ogʻir xasta boʻlganida ham takalluf bilan soʻzlashni tark etmagan. Bir gal qattiq ogʻrib, toʻshakka mixlanib qolganida eski tanishi shoirni yoʻqlab keladi. Bu paytda xizmatkor ayollar Heyneni choyshabga solib, karovatga olib oʻtishayotgan edi. Doʻstiga bunday noqulay holatda koʻringan shoir vaziyatni shunday lutf bilan “qogʻozga oʻraydi”:

– Koʻryapsizmi, oshna, ayollar meni haliyam qoʻllarida koʻtarib yurishadi.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 1-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.