Davlat tilidan foydalanish – majburiy

0
537
marta koʻrilgan.

Davlat hokimiyati organlari, mamlakat tarkibidagi subyektlarning davlat organlari, boshqa davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, barcha turdagi tashkilotlotlarda, jumladan, ish yuritishda, sudlarda, xalqaro shartnomalar, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni rasman eʼlon qilishda, hujjatlarni rasmiylashtirishda va pochta, pul oʻtkazish xizmatlarida, mamlakat fuqarolari, xorij fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslarning oʻzaro aloqalarida, geografik obyektlar nomi va yoʻl belgilari qaydlarida, kinozallardagi namoyishlarda, teatr-tomosha tadbirlarida, reklamada va qonun bilan tasdiqlangan boshqa sohalarda davlat tilidan foydalanish – majburiy.

Barcha turdagi tashkilotlarda mamlakat tarkibidagi subyektlarining tilida yoki xorijiy tilda taqdim etiladigan matnlar va tovushli axborot mazmuni, texnik tayyorlanishi jihatidan davlat tilidagi asliyatga toʻla mos kelishi shart.

Fuqarolar davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan davlat tilida axborot olishga haqli.

Davlat tilini bilmaydigan shaxslar uchun tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi taʼminlanadi.

 

“Rossiya Federatsiyasining davlat tili toʻgʻrisida”gi federal qonuni asosida tayyorlandi.

 

***

 

Oldin ham bir necha bor aytganman: ruslardagi til gʻururiga, tilga munosabatga havasim keladi. Oddiy internet foydalanuvchisi ham imloviy va uslubiy xatolarsiz yozadi.

Davlat tili haqidagi qonun bilan tanishib chiqsangiz, ruslarda davlat tilining huquq va vakolatlari aniq, tiniq va qatʼiy oʻrnatib qoʻyilganiga guvoh boʻlasiz.

Biz ham davlat tili haqidagi qonunni Rossiya tajribasi asosida ishlab chiqsak, yomon boʻlmasdi. Hech bir masalada ruslarga taqlid qilmasak ham, hech qursa, shu yerda ruslardan oʻrganaylik. Lekin bu qonunni hurmatli deputatlarimiz qabul qilarmikan?

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.