Qolgan ishga qor yogʻmasa boʻldi

0
486
marta koʻrilgan.

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasi 2021 yil 1 noyabrgacha uzaytirilibdi.

Loyiha eʼlon qilinganda tez orada yangiliklar boʻladi degan umid paydo boʻlgandi. Nasib qilsa, sayt va kanalni ham butunlay yangicha alifboga oʻtkazmoqchi edim. Rejalarim yana choʻzilar ekan. Ishqilib, rejaligicha qolib ketmasa boʻldi.

Odatda biror mavzuda haddan ortiq bahs-munozara qilinsa, masalaning mohiyatidan uzoqlashib ketiladi.

Sizu biz qoʻshalifbodan qiynaldik, lotinda savodi chiqqanlar uning noqulayligini sezib-sezmay jabrini chekyapti.

Muhokamalarda qatnashing. Oʻzbek tili ikki alifbolilik balosidan qutulishi kerak. Biz ham, bizdan keyingilar ham normal alifboda yozish imkoniga ega boʻlsin.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.