“Yordam beradiganlar koʻpayaversin”

0
71
marta koʻrilgan.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov telegram kanalida maktablardagi muammolar va ularga rahbarlarning ikki xil yondashuvi haqida toʻxtalib oʻtibdi:

 

“Maktablardagi moddiy-texnik holat boʻyicha yigʻilib qolgan muammolarni koʻpligini bilganimiz uchun ham barchani maktabga yordam berishga safarbar qilish harakatidamiz. Lekin baʼzilar bizning ichki dardimizni yuzimizga solib, oʻzini koʻrsatishga harakat qilishdan nariga oʻta olmayapti. Har qanday mansabdor shaxs, senatormi, deputatmi, vazirmi yoki boshqa rahbar agar haqiqatda Prezidentimiz chaqiriqlariga koʻra maktabga yordam beraman desa, oʻz imkoniyatidan kelib chiqib ham yordam berish yoʻllarini topa oladi.

 

Prezidentimiz topshiriqlarini toʻgʻri tushungan rahbarlar oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, byudjetdan tashqari mablagʻlarni ham topib, maktablarga chin dildan yordam berishga harakat qilayaptilar. Yaqinda bir katta idora rahbari maktablarga qoʻshimcha televizorlar berish boʻyicha tashabbus koʻrsatdi, lekin yoritmanglar deganiga kimligini aytmay qoʻya qolamiz.

 

Adliya vaziri esa, katta raqamlashtirish loyihasi tugaganidan keyin boʻshagan 2,5 mingdan ortiq kompyuterlarni maktablarga oʻtkazishga yordam berdi. Ular oʻqituvchilar xonalariga qoʻshimcha kompyuter sifatida qoʻyiladi. Bundan tashqari, kuni kecha Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining tubdan yangilanishiga maktab bitiruvchilari va tadbirkorlarni jalb qilib, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga xavas qilishga arziydigan sharoitlar yaratishga hissasini qoʻshdi.

 

Maktablardagi muammolarimizni yuzimizga solish oʻrniga, ularga yordam berish imkoniyatlarini topadigan shunday rahbarlar va insonlar koʻpayaversin”.

 

Iqtibos tugadi.

 

Menimcha, oddiy odamlar, blogerlarning maktabdagi muammolarni aytishi, koʻtarib chiqishi normal holat. Lekin rahbarlar muammolarga yechim izlashi va topishi kerak, ularning salohiyati shunda bilinadi. Shunchaki muammoni sanab qoʻyish hammaning ham qoʻlidan kelaveradi.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.