Ko‘p degan ko‘p yangilur

0
132
marta ko‘rilgan.

Alisher Navoiy hikmatlaridan

 

  • Agar oting yo‘qtur, arpa g‘amin yemassan.
  • Barcha lazzatni tatdim, ofiyatdin chuchukrak sharbat topmadim.
  • Bilki, gadodur tama etgan kishi.
  • Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
  • G‘iybat deguchi – najosat yeguchi.
  • Yolg‘on aytquchi g‘aflatdadur.
  • Yolg‘onchi har necha so‘zida fasihroq, so‘zi qabihroq.
  • Yomonlarg‘a lutfu karam – yaxshilargg‘a mujibi zararu alam.
  • Kimki, qanoatdan erur hujjati, yaxshi-yomonga yo‘q aning hojati.
  • Kishi ta’limdan topsa malolat, topar ilm ahli ollinda xijolat.
  • Kishi o‘z madhin desa, chin dog‘i bo‘lsa nopisanddur.
  • Ko‘zni o‘z aybingdan olma va o‘zgalar aybig‘a ko‘z solma.
  • Kulagach yuzlug xushaxloq nifoq kuduratidin bo‘lg‘ay yiroq.
  • Kulgu adab tarkiga belgu durur.
  • Ko‘p degan ko‘p yangilur.
  • Mazlumg‘a baxshoyish ko‘rguzki, zolimdan osoyish ko‘rgaysen.
  • Mollig‘ nodonning demagi, oltunluq chibinning yemagi ma’lum.
  • Odamiyning yaxshirog‘i uldurkim, porsovu pok bo‘lg‘ay va haq so‘zni ayturda bevahmu bok bo‘lg‘ay.
  • Ozz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois.
  • Oqil chindin o‘zga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas.
  • Sabr bila ko‘p bog‘lig‘ ish ochilur, ishda oshiqqan ko‘p toyilur, ko‘p toyilg‘an ko‘p yiqilur.
  • So‘zi hisobsiz – o‘zi hisobsiz.
  • Tabiatka har neki odat bo‘lur, chu eskirdi odat – tabiat bo‘lur.
  • Takabbur shayton ishi, biyiklik nodon ishi.
  • Telba qulog‘ig‘a pand – quyun oyog‘ig‘a band.
  • O‘zi poku ko‘zi pokni inson desa bo‘lur.
  • Ulki buyurub, o‘zi qilmag‘ay – hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay.
  • Ulki, so‘zni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning o‘tkan gunohin o‘z bo‘ynig‘a indurgay.
  • Ulki, el ko‘rmaguncha bermas, laimdur, saxiy ermas.
  • Xo‘b yirtuq to‘n bila ham xo‘b, gul yamog‘liq choponi bila mahbub.
  • Er kishikim, ko‘p yasang‘ay, xirad ahli aning aqlidin o‘sang‘ay.

 

Orif Tolib to‘pladi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.