Xurshid Davron. Vido
Men sendan ketmoq istayman,
Yomgʻirdek emas, -
Yomgʻir yana qaytib keladi.
Shamoldek emas, –
Shamol yana qaytib yeladi
Men sendan ketmoq istayman
Muhabbat kabi...
1975
Shavkat Rahmon. Vatan
Joylashgansan shunchalar chuqur... Oʻz tubiga yashirgan yurak. Senga yetib bormaklik uchun Uzun umrim yetmasa kerak. 1975
Shavkat Rahmon. Qasam
Shavkat Rahmon degan
bir oʻjar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda koʻp oʻylab,
sayladim soʻzlarning
saralarini.
Har bir soʻz
yuz soʻzning oʻrnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir...
Shavkat Rahmon. Yosh oʻzbek shoirlariga
Soʻzlarni qayraylik,
obdan toblaylik,
idrok-la sovutib tagʻin qayraylik,
Oʻzbekning qorakoʻz bolalariga
bitta dunyo qolsin hayratlik.
Bitta dunyo qolsin mustahkam,
eshilgan poʻlatday daryolar qolsin,
Chaqilmas toshlarday bir togʻlar qolsin,
musaffo xayollar,
samolar qolsin.
Soʻzlarni qayraylik,
doʻstlar,...
Shavkat Rahmon. Baxt soʻzi
Baxtiyorman degan birgina soʻzni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam,
garchi baxt soʻzlarning eng yoqimligi,
garchi tursa hamki tilning uchida.
Ogʻir botmasmikin
bu soʻz kimgadir,
tegib ketmasmikin oh-vohlariga,
qandoq bardosh berib yashayman...
Elmurod Nishonov. Hajviyalar
«ASTRONOMIK» ASHULALAR (HAJVIYa) (Yaʼni yulduzlar kuylagan qoʻshiqlarga hazil javoblar) Yondi, yondi, yurak yondi, Yondi oy va yulduzlar... ...
Elmurod Nishonov. Maqolalar
BIR OʻLKAKI, TUPROGʻIDA OLTIN GULLAYDI!..
Mustaqillik har bir yurtdoshimiz hayotida oʻzgacha oʻrin tutadi. Istalgan kishi bilan suhbatlashib koʻring, u oʻz hayoti misolida shunday taʼriflab beradiki,...